Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

JChning eng qimmat termalari haqida

JChning eng qimmat termalari haqida

2022 yil 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlandi. Chempionat 32 milliy terma jamoadan iborat bo‘lib, ular har to‘rt yilda beriladigan kubok uchun o‘zaro bahs olib borishadi. Ushbu diagrammada milliy terma jamoalar futbolchilarining umumiy narxi aks etgan.

32 jamoa ichida eng qimmat terma jamoa Angliya MTJ bo‘lib, Transfermarket portali jamoa o‘yinchilarini umumiy hisobda 1,2 mlrd ga baholamoqda. Qiyoslash uchun, bu miqdor Grenada va Seyshelning yalpi ichki mahsulotiga teng.

Eng e’tiborli jihat shuki, ro‘yxatda 3 davlat – Braziliya, Argentina va Uruguvaydan boshqa barcha davlatlarning MTJlari bir qit’a – Yevropaga tegishlidir. Shunga qaramay, Angliya MTJdan keyingi o‘rinni 1.1 milliard yevro bilan Braziliya MTJ egallagan. Argentina MTJ o‘z mintaqasida ikkinchi va butun dunyoda yettinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Uruguvay MTJ dunyo bo‘yicha o‘ninchi o‘rindagi eng qimmat jamoa deb topildi.

Manba.

Kiritildi: 15:47 30.11.2022. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!