Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

JCH-2030 to‘rt mamlakatda o‘tkazilishi mumkin

JCH-2030 to‘rt mamlakatda o‘tkazilishi mumkin

Janubiy Amerikaning 4 mamlakati 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirdi. Turnir Urugvay, Argentina, Chili va Paragvayda bo‘lib o‘tishi mumkin, deb xabar berdi AFP.

Shuningdek, musobaqani qabul qilish uchun Marokash (Afrika arizasi), Ispaniya va Portugaliya (qo‘shma ariza), Bolgariya, Ruminiya, Gresiya va Serbiya (qo‘shma ariza) ham da’vogarlik qilmoqda.

Mezbon mamlakat 2024 yilda o‘tkaziladigan FIFA kongressida tanlab olinadi.

Qayd qilish joizki, Urugvay 1930 yilda, Chili 1962 yilda, Argentina 1978 yilda jahon chempionatini qabul qilgan. Paragvay hali mundialni o‘tkazmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:56 03.08.2022. O'qildi: 2986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!