Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026. Yarim finalning ilk ishtirokchisi!

JCH-2026. Yarim finalning ilk ishtirokchisi!

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatining ilk yarim finalchisi ma’lum bo‘ldi. Chorak final bosqichi doirasida Fransiya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. AQShning Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida o‘tgan uchrashuvda argentinalik hakam Fakundo Telo boshchilik qildi.

Uchrashuv «uch ranglilar»ning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 28-daqiqasida Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe penaltidan unumli foydalana olmadi — uning zarbasini Marokash darvozaboni qaytardi. Shunga qaramay, fransuzlar bosimni davom ettirishdi va 60-daqiqaga kelib jamoa sardori hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan olti daqiqa o‘tib, Usmon Dembele Kilian Mbappening ajoyib uzatmasidan unumli foydalanib, «uch ranglilar»ning ustunligini mustahkamladi — 2:0.

Shu tariqa, Marokash terma jamoasining chempionatdagi yurishiga chek qo‘yildi. Fransiya esa yarim finalga yo‘l olgan birinchi jamoaga aylandi. Amaldagi chempionlar final yo‘llanmasi uchun bugun, 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya — Belgiya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashishadi.

Kiritildi: 08:00 10.07.2026. O'qildi: 1630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!