Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

JCH-2022. O‘zbekistonda ikkita, eng ko‘pi mezbonlarda. Yarim finalga qaysi mamlakat bokschilari yetib kelishdi?

JCH-2022. O‘zbekistonda ikkita, eng ko‘pi mezbonlarda. Yarim finalga qaysi mamlakat bokschilari yetib kelishdi?

Turkiyada ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga yetib keldi.

Kecha musobaqaning chorak final bahslari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi safida 2 nafar bokschi - Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

JChning yarim finalida ishtirok etadigan terma jamoalar ro‘yxati bilan tanishing:

7 nafar: Turkiya
5 - Qozog‘iston
3 - Hindiston, Tailand
2 - O‘zbekiston, Italiya, Jazoir, Braziliya, Kanada, Irlandiya, Mozambik, Polsha
1 - Argentina, Bolgariya, Xitoy Taypeyi, Kolumbiya, Fransiya, Kosovo, Litva, Marokash, Niderlandiya, Panama, Ruminiya, Ispaniya, AQSh


Konfederasiyalar kesimida:

20 - Yevropa
14 - Osiyo
8 - Amerika
5 - Afrika
1 - Okeaniya

Ma’lumot uchun, Hindiston, Qozog‘iston, Turkiya va Ukraina terma jamoalari jahon chempionatiga to‘liq - 12 nafar bokschi bilan borishgan.

Kiritildi: 19:06 17.05.2022. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!