Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

JCH-2018. Shvesiya chorak finalda

A A A
JCH-2018. Shvesiya chorak finalda

Jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan Shvesiya – Shveysariya uchrashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuv taqdirini 66-daqiqada Emil Forsbergning yagona goli hal etdi va shvesiyaliklar chorak finalga yo‘llanma oldilar.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hisob yana bittaga oshishi mumkin edi, ammo hakam videotakror xizmatidan foydalanib penalti belgilamaslikka qaror qildi.

Shu tariqa, Shvesiya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini davom ettirib, yarim finalda Kolumbiya – Angliya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

JCH-2018. 1/8 final.

Shvesiya – Shveysariya 1:0.

Gol: Forsberg (66), ().

Shvesiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 82), Grankvist, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg, Toyvonen.

Shveysariya – Zommer, Juru, Rodriges, Lang, Akanji, Behrami, Jaka, Jemayli (Seferovich, 73), Shakiri, Suber (Embolo, 73), Drmich.

Ogohlantirishlar: Lyustig (31), Behrami (61), Jaka (68).

Manba: www.stadion.uz.

Kiritildi: 21:31 03.07.2018. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik