JCH-2018 ikkinchi turi doirasidagi Janubiy Koreya - Meksika uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi hisob 26-daqiqada ochildi. Guardado chap qanotdan jarima maydoniga kirib borayotganda to‘p Chan Xyon Suning qo‘liga tegdi. Hakam ikkilanmay penalti belgiladi. 11 metrli jarima to‘pini Karlos Vela osongina golga aylantirdi - 0:1.
Ikkinchi bo‘limda Xavyer Ernandes terma jamoa safidagi o‘zining 50-golini urdi - 0:2.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Son Xen Min chiroyli gol urdi, biroq bu faqat hisobni qisqartirish uchun yetdi xolos - 1:2.
Shu tariqa, Meksika dastlabki ikki o‘yinda ikkita g‘alabaga erishib 6 ochko to‘pladi. Janubiy Koreya esa ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham yutqazdi. Guruhdagi yana bir o‘yin Germaniya va Shvesiya o‘rtasida kechadi.
Janubiy Koreya - Meksika 1:2
23 iyun 2018. Rostov. "Rostov Arena" stadioni. 43472 tomoshabin.
Hakamlar: Milorad Majich (Serbiya), Milovan Ristich (Serbiya), Dalibor Jurjevich (Serbiya), Jon Pitti (Panama)
Gollar: Karlos Vela 26 penalti, - 0:2. Xavyer Ernandes 66, - 0:2. Son Xen Min 90+2, - 1:2.
Janubiy Koreya: 23.Cho Xyon U, 2.Li Yon, 7.Son Xen Min, 8.Chu Sen Jon (10.Li Sin Vu, 64), 11.Xvan Xi Chan, 12.Kim Min U (14.Xong Chul, 84), 16.Ki Son Yon, 17.Li Je Son, 18.Mun Son Min (15.Vu Yun Jung, 77), 19.Kim Yon Gvon, 20.Chan Xyon Su.
Meksika: 13.Gilyermo Ochoa, 3.Karlos Salsido, 7.Migel Layyun, 11.Karlos Vela (10.Jovanni Dos Santos, 77), 14.Xavyer Ernandes, 15.Ektor Moreno, 16.Ektor Errera, 18.Andres Guardado (4.Rafael Markes, 68), 21.Edson Alvares, 22.Irving Lozano (17.Xesus Korona, 71), 23.Xesus Gallardo.
Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon 58, Li Yon 63, Vu Yun Jung 80.