Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

JCH-2018 finalida Putindan boshqa prezidentlarga soyabon topilmadi

A A A
JCH-2018 finalida Putindan boshqa prezidentlarga soyabon topilmadi

2018 yilgi Jahon Chempionati mezbonlarida Putindan boshqa prezidentlar uchun soyabon topilmadi, deb yozmoqda «Chas Pik».

Rossiyada futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Chempionatning taqdirlash marosimida Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi. Prezidentlar futbolchilarni tabriklayotgan vaqtda «Lujniki» stadionida yomg‘ir boshlandi. Putinga shu zahoti soyabon tutildi, biroq boshqa prezidentlar yomg‘ir ostida qoldi.

Voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari diqqatini tortdi. Ularning aksariyatini chempionat mezbonlarini madaniyatsizlikda ayblagan.

 

Kiritildi: 10:44 16.07.2018. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik