Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

JCH-2018. Angliya Panamani yanchib tashladi va pley-offga chiqdi

JCH-2018. Angliya Panamani yanchib tashladi va pley-offga chiqdi

Jahon chempionatida bugun 2-tur bahslariga yakun yasaladi. "G" guruhidan o‘rin olgan Angliya va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yirik hisob qayd etildi. 

Inglizlar raqib davrozasini naq 6 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishdi. Panama esa o‘yinning so‘nggi daqiqalarida bir marta javob qaytardi. 

Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn xet-trikka erishdi. U gollarining ikkitasini penaltidan kiritdi. Hujumchi Mundialdagi gollari sonini 5taga yetkazib, to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. 

Bugungi bahsda markaziy himoyachi Jon Stounz esa dublga erishgani e’tiborga molik. Yana bir gol Jessi Lingard hisobiga yozildi. 

Ushbu g‘alabadan keyin Angliya o‘z ochkolarini 6taga yetkazib, Belgiya bilan birga qo‘shhokimlik qilib turibdi va ular nimchorak final yo‘llanmasini hal qilib bo‘lishdi. E’tiborli tomoni, ikkala jamoaning to‘plar farqi ham bir xil ko‘rinish hosil qildi — 8:2. Angliya va Belgiya so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelishadi. 

JCH-2018. "G" guruhi, 2-tur
Angliya – Panama 6:1 (5:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Stounz, 2:0 – 22, penalti Keyn, 3:0 – 36 Lingard, 4:0 – 40 Stounz, 5:0 – 45, penalti Keyn, 6:0 – 62 Keyn, 6:1 – 78 Baloy. 
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Lingard (Delf, 63), Loftus-Chik, Sterling, Xenderson, Trippyer (Rouz, 70), Keyn (Vardi, 63).
Panama – Penedo, Torres, Devis, Murilyo, Eskobar, Kuper, Gomes (Baloy, 69), Godoy (Avila, 63), Barsenas (Arroyo, 69), Rodriges, Peres.
Ogohlantirishlar: Kuper (10), Loftus-Chik (23), Eskobar (45), Murilyo (72).

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 19:08 24.06.2018. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!