Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jazirama issiq kimlar uchun xavfli?

Jazirama issiq kimlar uchun xavfli?

Shifokorlar issiqlikning inson salomatligi uchun asosiy xavflari haqida fikr bildirdilar. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Mutaxassis Yevgeniy Shirokovning so‘zlariga ko‘ra, issiqda suyuqlik yo‘qoladi va uni to‘ldirish kerak. Yurak yetishmovchiligi va gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarning yuragi uchun bu qo‘shimcha yukdir. Ushbu kasalliklarga chalingan odamlarning oyoqlari shishishi, nafasi qisilishi va qon bosimi ko‘tarilishi mumkin. Bundan tashqari, suyuqlik yo‘qolganda qon quyuqlashadi.

«Ateroskleroz bilan og‘rigan bemorlarda to‘qimalarni qon bilan oziqlantirish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun issiq havoda ko‘proq insultlar, yurak xurujlari va gipertenziv inqirozlar paydo bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi shifokor.

Bundan tashqari, nafas olish tizimiga qo‘shimcha yuk tushadi — nafas olish harakatlarining chastotasi oshadi. Shu sababli surunkali o‘pka kasalliklari bo‘lgan odamlar o‘zlarini yomon his qilishlari mumkin.

Kardiolog, Moskva xalqaro tibbiy klasteri bosh direktorining maslahatchisi Yaroslav Ashixminning ta’kidlashicha, issiq ob-havo sharoitiga moslashmagan odamlar issiqlikni yo‘qotish uchun qon tomirlarini kengaytirishi mumkin, bu esa qon bosimining pasayishiga olib keladi.

Mutaxassislar surunkali kasalliklarning kuchayishi va issiqda oftob urishining oldini olish uchun intensiv sport bilan shug‘ullanmaslik, bosh kiyimi kiyish va tabiiy matolardan tikilgan yengil kiyim kiyishni maslahat beradilar. Iloji bo‘lsa, soyada yurish va ko‘proq suv yoki choy ichish lozim.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilish uchun teriga quyosh kremini surtish kerak.

Kiritildi: 18:34 28.06.2020. O'qildi: 2366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!