Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Jasurbek Yaxshiboyev «Real» darvozasiga gol urdi va uning klubi g‘alaba qozondi

A A A
 Jasurbek Yaxshiboyev «Real» darvozasiga gol urdi va uning klubi g‘alaba qozondi

Moldovaning «Sherif» klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev YECHL doirasidagi o‘yinda «Real Madrid» darvozasiga gol urdi.

«Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning 25-daqiqasida jamoadoshining chap qanotdan uzatgan to‘pini Yaxshiboyev boshi bilan madridliklar darvozasiga yo‘lladi va hisobni ochdi.

O‘yinning 57-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev almashtirildi. O‘yin 1:2 hisobida Moldova klubi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikki o‘yindan beri g‘alaba qozonayotgan Yaxshiboyevning jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.

Madridliklardan tashqari, «Sherif» bilan bir guruhda Ukrainaning «Shaxtyor Donesk» va Italiyaning «Inter» jamoalari ham bor.

Kiritildi: 07:15 29.09.2021. O'qildi: 3522 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!