Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Jasurbek Jaysunov "Katta dubulg‘a chellenjer" turniri chempioni!

A A A
Jasurbek Jaysunov "Katta dubulg‘a chellenjer" turniri chempioni!

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Katta dubulg‘a chellenjer" turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Jaysunov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Barcha bellashuvlarda raqiblaridan mahorat bobida ustun ekanini ko‘rsatgan Jaysunov finalda ham mezbon sportchiga hech qanday imkonyat qoldirmadi va kelasi yil o‘tkaziladigan asosiy musobaqa ishtirokchisiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, birinchi kungi bahslarda Shuhrat Salayev (+80 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Endi hamyurtlarimiz ertaga o‘tkaziladigan jamoaviy dasturdagi jahon kubogining finalida ishtirok etishadi.

Kiritildi: 10:45 09.12.2024. O'qildi: 1674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!