Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 20 yilga qamaldi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 20 yilga qamaldi

Seul Oliy sudi juma kuni Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Pak Kin Xening vakolatlarini suiiste’mol qilganligi va mablag‘larni maqsadsiz sovurganligi kabi ayblovlarni o‘z ichiga olgan ishini qayta ko‘rib chiqdi va uni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Xususan, sud poraxo‘rlik to‘g‘risidagi qonunni buzganligi uchun 68 yoshli siyosatchini 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Qolgan ayblovlar, shu jumladan, o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilganlik uchun esa besh yil qamoq va 15 million dollar atrofida jarima belgiladi.

Oldin apellyasiya tinglovida prokuratura Park Kin Xi ushbu jinoyatlar uchun 30 yil qamoq jazosiga hukm qilinishini va 19 million dollar jarimaga tortilishini talab qilgan edi.

2019 yil avgust oyida Koreya Respublikasi Oliy sudi Pak Kin Xe ishiga qaytishga qaror qildi, unga ko‘ra u dastlab 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ushbu qaror siyosatchiga qarshi poraxo‘rlik va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish haqidagi ayblovlarni alohida ko‘rib chiqish zarurati bilan asoslandi.

2017 yilda impichmentdan so‘ng Pak Kin Xe hokimiyatni suiiste’mol qilgani va korrupsiya uchun 25 yil qamoq jazosiga hukm qilingan va 20 milliard von (19 million dollar) miqdorida jarimaga tortilgan. U yaqin do‘sti Chxve Sun Sil bilan yirik korporasiyalar, shu jumladan Samsung'dan pora olish maqsadida til biriktirganlikda ayblandi. Bundan tashqari, 2018 yilda unga qarshi Milliy razvedka xizmati rahbarlaridan noqonuniy mablag‘larni olish kabi yangi ayblovlar qo‘yildi.

Hozirgacha Pak Kin Xe jami 32 yillik qamoq muddatini o‘tayotgan edi, ammo endi sud qaroriga binoan jazo muddati kamaytirilishi kerak. Siyosatchi sud majlisida qatnashmadi, chunki u 2017 yildan beri bunday uchrashuvlarni boykot qildi.

Kiritildi: 16:29 10.07.2020. O'qildi: 3557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!