Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida 15 kishi koronavirusga chalindi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida 15 kishi koronavirusga chalindi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida 15 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 065 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Avvalroq 262 kishi vafot etgani xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 5 tasi  Xitoy hududining o‘zida, 10 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

So‘nggi sutkada 16 kishi kasallikdan tuzalgan bo‘lib, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 9 904 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 89 foizdan oshdi. Shuningdek, bemorlarning 1 nafari vafot etib, qurbonlar soni 263 nafarga yetdi. Kasallik alomatlarsiz kechayotgan kamida 466 kishi nazoratida bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 12:15 18.05.2020. O'qildi: 2002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!