Janubiy Koreyada prezident Yun Sok Yol’ning hibsga olinishiga qarshi chiqqan guruhlar qo‘llarida AQSh va Janubiy Koreya bayroqlari bilan namoyishlar o‘tkazmoqda. Polisiya namoyish zonasida xavfsizlikni kuchaytirdi.
Ma’lumot uchun, bugun 3-yanvar kuni Janubiy Koreyaning Jinoyat qidiruv xizmati va polisiyasi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun Seuldagi qarorgohga bordi. Terguvchilar mahalliy vaqt bilan soat 7:20 da yetib kelib, 8:00 da qarorgohga kirishga urindi. Biroq, qo‘riqlash xizmati va harbiylar ularni to‘xtatishdi.
Qarorgohda 45 maxsus bo‘linma va 2700 polisiya xodimi tartibni saqlash uchun joylashtirildi. Shuningdek, 1200 nafar prezident tarafdori yig‘ilib, uni himoya qilish va impichmentni bekor qilishni talab qildi. Ular polisiya bilan to‘qnashuvlarga borishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Seul sudi 3-dekabrda Yun Sok Yolni hibsga olish va tintuv o‘tkazish uchun order tasdiqlagan. Uning harbiy holat joriy etish qarori konstitusiyaga zid deb baholangan.