Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada besh kishilik vaksina bilan yetti kishi emlanmoqda

Janubiy Koreyada besh kishilik vaksina bilan yetti kishi emlanmoqda

 

 

 

Janubiy Koreyalik shifokorlar koronavirusga qarshi «Pfizer» vaksinaning besh dozasi (bir flakon) bilan yetti kishini emlashgani haqida «Yonhap» agentligi yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, mutaxassislar bitta flakondan oltita, hatto yettitagacha dozani tortib olish imkonini beruvchi mahalliy shprislardan foydalanishgan.

Milliy tibbiyot markazi direktori Chon Gi Xyonning aytishicha, vaksinasiya payti ko‘pincha vaksinaning 0,3 millilitri flakonda qolib ketayotgani aniqlangan. «Ettinchi odamni ham emlash uchun shuning o‘zi yetarli. Albatta, bu qoida sifatida qabul qilinmasligi kerak, biroq ba’zida shunaqa holatlar ham bo‘lib turibdi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada aholini koronavirusga qarshi vaksinasiyalash o‘tgan juma kuni boshlandi. Ommaviy immunitet hosil bo‘lishi uchun, mamlakat shu yilning noyabriga qadar aholisining 70 foizini emlashga ulgurishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 10:07 01.03.2021. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!