Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreya vaqtinchalik prezidentga ham impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya vaqtinchalik prezidentga ham impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya muxolifati kecha, 26 dekabr kuni prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xan Dok Suga qarshi impichment e’lon qilish haqida parlamentga taklif kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, parlamentda 300 o‘rindan 192 nafar deputat Hanni impichment qilishga ovoz bergan, shu bilan birga hukumat partiyasi siyosatchilari ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Bu Xan Dok Suning mamlakat konstitusiyaviy sudiga uchta sudyani tayinlashdan bosh tortganidan keyin sodir bo‘lgan. Parlament nomzod sudyalarga ovoz bergan, biroq Xan hukmron partiya va muxolifat siyosiy murosaga kelmaguncha ularni lavozimga tayinlashdan bosh tortgan.

Xan Dok Suning impichmentidan so‘ng, Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, moliya vaziri Choi Sang-mok keyingi vaqtincha prezidentlik lavozimiga tayinlanishi kerak.

Kiritildi: 15:41 27.12.2024. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!