Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreya Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatdan xavotirda

Janubiy Koreya Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatdan xavotirda

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Pak Chin Pnompendagi Sharqiy Osiyo sammitida so‘zlagan nutqida Seul Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini va mintaqadagi status-kvoni kuch bilan o‘zgartirishga qarshi ekanini ma’lum qildi.

“Pak Tayvan bo‘g‘ozida kuchayib borayotgan geosiyosiy mojaro mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazishi mumkinligini aytib, uning salbiy ta’siri Koreya yarim oroliga ham tarqalishi mumkinligini ta’kidladi”, — deyiladi Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Pak Chin Koreya Respublikasi “Yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Yonhap axborot agentligining qayd etishicha, u bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ishtirokida aytgan.

Kiritildi: 08:45 06.08.2022. O'qildi: 1632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!