Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya Rossiyaga texnika sotish uchun AQShdan ruxsat so‘radi

Janubiy Koreya Rossiyaga texnika sotish uchun AQShdan ruxsat so‘radi

AQSh Janubiy Koreyani Rossiyaga nisbatan strategik bo‘lmagan materiallarga tegishli eksport sanksiyalaridan ozod qilingan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi, deb yozadi Sedaily.com respublika Savdo, sanoat va energetika vazirligiga tayanib.

Agentlikning qayd etishicha, Vashingtonga tashrif buyurgan Janubiy Koreya savdo vaziri Yo Xan Gu AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Don Graves bilan Koreyani sanksiyalardan ozod qilingan davlatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shunday qilib, Koreya Rossiya Federasiyasiga ommaviy iste’molchi uchun mo‘ljallangan smartfonlar, avtomobillar, kir yuvish mashinalari va boshqa maishiy texnikalarni yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bunda eksport qilinadigan buyumlar Rossiya qurolli kuchlari ixtiyorida bo‘lmasligi yoki ular tomonidan foydalanilmasligi kerak.

Koreya rasmiylari «xalqaro hamjamiyatning mas’uliyatli a’zosi sifatida Rossiyaga qarshi sanksiyalarda faol ishtirok etayotganliklarini, shu bilan birga eksport nazorati choralari kuchayishi tufayli Koreya kompaniyalari uchun noaniqlikni kamaytirayotganini» ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 09:55 04.03.2022. O'qildi: 2844 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!