Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya Rossiyadan norozi bo‘ldi

Janubiy Koreya Rossiyadan norozi bo‘ldi

Shimoliy Koreya harbiylarini Rossiyaga jo‘natganligi haqidagi xabarlar fonida Seul Rossiya elchisiga norozilik bildirdi.

"Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Seuldagi elchisi Georgiy Zinovevni chaqirib, Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishiga norozilik bildirdi", deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

O‘tgan hafta Janubiy Koreya razvedkasi Pxenyan Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 12 ming harbiyni Rossiyaga jo‘natmoqchi ekanligini, 1500 nafar maxsus askar esa ayni paytda Uzoq Sharqdagi harbiy bazalarda o‘qitilayotganini aytgan edi.

Rossiya va Shimoliy Koreya bu xabarlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 16:38 21.10.2024. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!