Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidentiga impichment e’lon qilindi

Janubiy Koreya prezidentiga impichment e’lon qilindi

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga rasman impichment e’lon qildi.

14 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi.

Bunday chorani mamlakatning bir palatali parlamenti — Milliy assambleyaning 300 nafar deputatidan 204 nafari qo‘llab-quvvatladi. Parlamentning 85 a’zosi qarshi ovoz berdi, yana 3 nafari ovoz berishda betaraf qoldi, 8 nafari esa haqiqiy emas deb topildi.

Impichment uchun deputatlarning kamida uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatlanishi kerak edi. Biroq prosedurani boshlagan oltita muxolifat partiyasi bor-yo‘g‘i 192 o‘ringa ega, shuning uchun ular hukmron “Xalq kuchi” partiyasining kamida sakkiz nafar a’zosini qo‘llab-quvvatlashi kerak edi.

Seul markaziy okrug sudi 3 dekabr kuni mamlakat prezidenti Yun Seok Yolga harbiy holat joriy etishda yordam berganlikda gumon qilingan Janubiy Koreya polisiyasi rahbariyatini hibsga olishga qaror qildi.

Kiritildi: 21:48 27.12.2024. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!