Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilish qarori to‘g‘ri bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi va oxirigacha kurashish niyatida ekanini aytdi.
Biroq avvalroq prezidentga o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishni taklif qilgan hukmron partiya rahbari endi uning impichmenti g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Avvalroq hukmron partiyaning boykot e’lon qilgani sababli parlament unga impichment e’lon qila olmagan edi. Prezident Yun Sok Yolning impechmenti uchun navbatdagi ovoz berish shanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.