Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya parlamenti adliya vaziriga impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya parlamenti adliya vaziriga impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya parlamenti adliya vaziri Pak Son Chje va polisiya bosh komissari Cho Ji Xoga nisbatan impichment e’lon qildi.

Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.

Vazirning impichmenti uchun hozir bo‘lgan 295 deputatdan 195 nafari ovoz berdi, 100 nafari qarshi chiqdi. Polisiya boshlig‘ining impichmenti uchun 295 kishidan 202 nafari, 88 nafari qarshi ovoz berdi.

Vazirga nisbatan impichment to‘g‘risidagi ish odatda konstitusiyaviy sudga yuboriladi va u yakuniy qarorni qabul qiladi.

Telekanal shuningdek, polisiya Ji Xoni hibsga olish uchun order berishni so‘raganini ta’kidlaydi.

Kiritildi: Bugun 13:19. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!