Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya afsuslanyapti

A A A
Janubiy Koreya afsuslanyapti

Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida o‘z jurnalistlari qatnasha olmayotganidan Janubiy Koreya afsusda.

Bu haqda mamlakatning milliy birlashtirish ishlari vazirligi bayonot berdi, deb yozadi O‘zA.

Qayd etilishicha, KXDR tomonidan taklif etilganiga qaramay Janubiy koreyalik jurnalistlar 23-25 may kunlari Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida qatnasha olmaydi.

Bayonotda shuningdek, hukumat KXDRning Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirishni yakunlash va tinchlikni ta’minlashda amaliy qadam qo‘yishidan umidvorligi ta’kidlangan.

Joriy yilning aprel oyida Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida o‘tkazilgan oliy darajadagi sammitda Kim Chen In Mun Chje Inga Pxungeridagi yadro poligonini yopishni va’da qilgan edi. Shundan sal vaqt o‘tib KXDR Mehnat partiyasi ayni va’dani rasmiy qaror bilan qo‘llab-quvvatladi. Ammo, Pxenyan AQSh va Koreya Respublikasi o‘tgan haftalarda o‘tkazgan harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarni ro‘kach qilib Shimol va Janub vazirlarining yuqori darajadagi muzokaralarini qoldirdi. Kim Chen In va Donald Trampning 12 iyunda Singapurda bo‘ladigan uchrashuvi taqdiri ham noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha TASSning ism-sharifi va lavozimi oshkor etilmagan manbasi Pxenyan Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadigan har bir Janubiy koreyalik jurnalist uchun viza to‘lovi sifatida 10 ming dollardan talab qilayotganini ma’lum qilgan edi. Vaholanki, avval boshda Shimoliy Koreya chet ellik jurnalistlar delegasiyasi sarf-xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lgan.

Kiritildi: 05:16 22.05.2018. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik