Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Janob Putin, urushni darhol to‘xtating — Guterrish

A A A
Janob Putin, urushni darhol to‘xtating — Guterrish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya hukumatini Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda u BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK-Ukraina”.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga ehtimoliy hujumiga va haqiqatan ham jiddiy narsa yuz berishi mumkinligiga darhol ishonmagan.

"Men xato qildim", deb tan oldi Guterresh.

Uning qayd etishicha, agar bugun Ukrainaga bostirib kirish operasiyasi tayyorlanayotgan bo‘lsa, Rossiya rasmiylariga murojaat qilmoqchi.

“Janob Putin, qo‘shinlaringizni Ukrainaga hujum qilishdan to‘xtating. Dunyoga imkoniyat bering. Juda ko‘p odam allaqachon vafot etgan”, — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 09:24 24.02.2022. O'qildi: 3887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik