Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Jannatning chin ta’rifi qanday?

A A A
Jannatning chin ta’rifi qanday?

Dunyo hayotida qalbingni egallab olgan g‘am aslida arzimas ekanini jannatda his qilasan.

– Jannatdagi qasring oldida turib, uning keng masofasi va taralgan nurini ko‘rgach, dunyo va undagi narsalar hech narsaga arzimas ekanini aniq bilasan.

– "Ey jannat ahli! Bu yerda o‘lim yo‘q, shu yerda abadiy qolasizlar", deb aytilsa, xotirjam bo‘lasan va jannatda ko‘rgan har qanday yuzni u yerni tark etganini ko‘rmaysan.

– Jannatda bechorahol va g‘amgin kishiga ko‘zingiz tushmaydi. U yerda g‘iybat va bo‘hton majlislarida o‘tirmaysan.

– Jannatda barcha qalblar oq bo‘ladi, u yerda senga nisbatan hasad va nafrati bor kimsa topilmaydi.

– Jannatda, eski xotiralar, mahzunlik va g‘am-g‘ussalar bilan azoblanmaysan. Bu narsalarni jannatga kirgan ilk daqiqalardayoq unutasan. Ushbu muhabbatni tortiq qilishda dunyo baxillik qilar va shodlikni yer sig‘dirmas edi.

– Jannat, harom narsalar, man etilgan narsalar, malol keluvchi narsalar, charchoqlar, noumid bo‘lish va vafot topish kabi narsalarga o‘lim hukmini o‘qigan makondir.

Agar ushbu maskanni ko‘rishga g‘ariblardek mushtoq bo‘lsang, umringni qolgan qismida yaxshi amallarni qilib qol. Chunki yaxshilikning mukofoti yaxshilikdir.

Allohdan, meni va sizlarni jannatdagi oliy Firdavsdagi roziligiga muvaffaq qilishini so‘rayman.

Alloh bizni o‘sha yerda yaxshi ko‘rganlarimiz bilan birga jamlasin!

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:38 31.08.2018. O'qildi: 5347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!