Bir zumlik janjal nafaqat jinoiy javobgarlikka, balki katta miqdordagi moddiy zararga ham sabab bo‘ldi.
O‘zaro janjallashish oqibatida sodir etilgan jinoyat natijasida fuqaroga 15 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining 17.04.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan mahkum Y.Adan jabrlanuvchi Q.Q. foydasiga 16 mln. so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.
MIB Paxtaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 16 million so‘m moddiy zarar jabrlanuvchi foydasiga to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.
Shu tariqa, sud hukmida belgilangan talab to‘liq bajarilib, jabrlanuvchining buzilgan mulkiy huquqi tiklandi.
Bir zumlik hissiyot — uzoq yillik oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.