Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jamshid Kenjayevning otasi: "O‘g‘lim 45-48 daqiqa yerda yotgan. Hech kimni yaqinlashtirishmagan"

Jamshid Kenjayevning otasi: "O‘g‘lim 45-48 daqiqa yerda yotgan. Hech kimni yaqinlashtirishmagan"

13 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qilgani haqida xabar bergan edik.

Sud majlisida qatnashgan Kenjayevning otasi Yoqub Kenjayev jurnalistlarga bergan intervyusida sud hukmidan norozi ekanini bildirdi. Bundan oldingi sudda ayblanuvchilarga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘rashgandi. Bu haqda Zamon dasturi xabar qiladi.

Yotgan odamga yordam berishga hech kimni yaqinlashtirishmay, atrofini o‘rab turishibdi. Buni videotasvirda ko‘rish mumkin. Bolam bechora o‘sha yerda 45-48 daqiqa, sal kam bir soat yotgan o‘sha joyda , dedi Yoqub Kenjayev.

Eslatib o‘tamiz, sud hukmi bilan Shodali Qilichovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

2018 yilning 8 avgustidan 9 avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:23 14.03.2019. O'qildi: 2106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!