Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

Avto / Xorij A A A
Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

Qozog‘istonning Jambul viloyatida, Olmaota Toshkent yo‘lining 181-kilometrida 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan 5:09 da Van Hool avtobusi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana 13 o‘zbekistonlik tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi (Mehnat vazirligi tan jarohati olgan o‘zbekistonliklar sonini 12 nafar deb ko‘rsatmoqda).

Avtobus salonida jami 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida jami 11 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, Jambuldagi YTH bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar idoralari hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Jambuldagi avtobus avariyasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

  1. O‘rinboy Mirhamitovich Abduxoliqov, 1993 yilda tug‘ilgan;
  2. Alisher Saparboyevich Kalmurotov, 1988 yilda tug‘ilgan;
  3. Dilorom Yermekboyeva, 1972 yilda tug‘ilgan.

Tan jarohati olganlar ro‘yxati:

  1. Abbos O‘ljaboyev, 1994 yilda tug‘ilgan;
  2. O‘mirbek Hayitboyev, 1988 yilda tug‘ilgan;
  3. Zavodbek Abdusatirov, 1999 yilda tug‘ilgan;
  4. Marhamat Jumaniyozov, 1996 yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda)
  5. Radmila Ahmetova, 1994 yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda)
  6. Otabek Abdullevich Matirjonov, 1985 yilda tug‘ilgan;
  7. Do‘sjan Dauletovich Seytmurotov, 1987 yilda tug‘ilgan;
  8. Sardor Amarbek o‘g‘li Haydarov, 1994 yilda tug‘ilgan;
  9. Maris Ilyosov, 1974 yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda)
  10. Ismiddinov Abduxattar o‘g‘li, 1997 yilda tug‘ilgan;
  11. Nasriddin Mambetov, 1971 yilda tug‘ilgan;
  12. Shodlik Maxsudovich Japarov, 1984 yilda tug‘ilgan;
  13. S.Muqumjonov, 1999 yilda tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, hodisa yuz berganidan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Twitter dagi sahifasida Jambuldagi YTH oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida ma’lumot e’lon qilingan edi, biroq ko‘p o‘tmay ushbu axborot o‘chirib tashlandi.

Daryo.uz

Kiritildi: 20:40 20.04.2019. O'qildi: 3209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!