Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jakartada koronavirus vaksinasini qabul qilishni rad etganlarga katta jarimalar joriy qilindi

Jakartada koronavirus vaksinasini qabul qilishni rad etganlarga katta jarimalar joriy qilindi

Indoneziya poytaxti Jakartada aholi COVID-19 vaksinasini qabul qilishni rad etgani uchun 356, 89 AQSh dollargacha (5 million indoneziya rupiyasi) bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi ma’lum qilindi. Ushbu jarimalar poytaxtdagi aholining vaksinasiya qilinishini ta’minlash uchun joriy qilingan.

Jakarta hokimi o‘rinbosari Ahmad Rizo Partianing aytishicha, shahardagi odamlar o‘rnatilgan qoidalarga unchalik amal qilishmayapti, shuning uchun jarimalar oxirgi chora sifatida amalga oshirilmoqda. Hozirgacha Indoneziyada 1.2 million kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning to‘rtdan bir qismi aynan poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

«Agar siz vaksina olishni rad qilsangiz, bu holatda sizga ijtimoiy yordam ham berilmaydi va siz jarima to‘laysiz» dedi Rizo jurnalistlarga.

Indoneziya Osiyodagi koronavirus keng tarqalgan mamlakat hisoblanadi. Hozirgacha 34 mingga yaqin indoneziyaliklar COVID-19 dan vafot etgan. Indoneziyada o‘tgan oyda koronavirusga qarshi emlash dasturi boshlangan bo‘lib, hukumat ushbu dastur bo‘yicha 15 oy ichida 270 millionta aholining 181.5 milliontasini emlamoqchi.

«Jarimalar qo‘llash odamlarning emlash dasturida ishtirok etishini ta’minlash uchun qo‘llanilgan so‘nggi choramizdir. 181. 5 million kishini emlash juda katta hajmdagi ish hisoblanadi» deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi Siti Nadiya Tarmizi.

Kiritildi: 13:23 19.02.2021. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!