Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Yuksalish» umummilliy harakatining faxriy a’zosi bo‘ldi

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Yuksalish» umummilliy harakatining faxriy a’zosi bo‘ldi

Bugun “Yuksalish” umummilliy harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbarini keng jamoatchilikka tanishtirilishi munosabati bilan hokimlik binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etib, “Yuksalish” umummilliy harakatining Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagani bilan qutladi. Hokimlik tomonidan bo‘linma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish va buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Unda mahalliy deputatlar orasidan “Yuksalish” umummilliy harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbari etib saylangan Dilshod Shoumarov keng jamoatchilikka tanishtirildi. 

Tadbir yakunida shahar hokimi “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, uning faxriy a’zosiga aylandi.

Kiritildi: 18:07 02.07.2019. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!