Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jahongir Ortiqxo‘jayev xayrli ishga qo‘l urdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev xayrli ishga qo‘l urdi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Bektemir tumani deputatlari, mahalla raislari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lgan edi. 

Muloqot davomida tumandagi Zilola MFY raisi hududdagi aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, mahalladagi yoshu keksa kitobxonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida kutubxona tashkil etilayotganini ma’lum qilgan edi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, kutubxona uchun turli mavzularda, barcha yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan kitoblar va kompyuter sovg‘a qilishini aytib o‘tgandi. 

Toshkent shahar hokimi bugun ushbu kutubxonaga 200 turdagi, jami 1000 ta kitob va 2 ta kompyuter sovg‘a qildi.

Zilola mahallasida tashkil etilgan mo‘’jaz kututbxonaga Toshkent shahar hokimi nomidan sovg‘alarni Toshkent shahar hokimi Devoni rahbarining o‘rinbosari Xondamir Turg‘unov topshirdi.

Kiritildi: 22:16 06.03.2021. O'qildi: 6372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!