Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Jahonda IQ darajasi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Jahonda IQ darajasi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

International IQ Test 2026-yil boshi holatiga ko‘ra xalqaro IQ reestri ma’lumotlari asosida mamlakatlar aholisining o‘rtacha intellekt koeffisiyenti (IQ) bo‘yicha har yili yangilanadigan reyting tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.

Reyting 137 ta mamlakat va hududdan 1,2 million kishi ishtirok etgan test natijalari asosida tuzilgan. Barcha ishtirokchilar o‘z intellektual qobiliyatlarini baholash uchun bir xil topshiriqlarni bajargan.

➖ Reytingda birinchi o‘rinni Janubiy Koreya aholisi egallagan — ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi 106,97 ballni tashkil etgan,keyingi o‘rinlarda Xitoy — 106,48 ball va Yaponiya — 106,3 ball.

➖ Yetakchi beshlikka, shuningdek, Eron (104,8 ball) va Avstraliya (104,45 ball) aholisi ham kirgan.

Rossiyaliklar reytingda oltinchi o‘rinni egallagan — 103,78 ball, ulardan keyin Singapur (103,56 ball) va Mo‘g‘uliston (102,61 ball) joy olgan. Birinchi o‘nlikni Yangi Zelandiya (102,35 ball) va Vyetnam (102,26 ball) yakunlaydi.

➖ AQSh aholisi 101,04 ball natija bilan 18-o‘rinni egallagan.

➖ O‘zbekiston esa 75-o‘rinni egallagan.

IQ bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar ayrim Afrika davlatlari aholisida kuzatilgan, ro‘yxatni esa Somali yakunlaydi.

Kiritildi: Bugun 18:42. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!