Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilanadi

A A A
Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilanadi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turida yana bir rekord yangilanadi. Bu haqda Futbol 24 kanali xabar berdi.

Gap shundaki, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvida misrliklar tarkibida darvozabon Issam al-Hadariy maydonga tushishi aniq bo‘ldi. Natijada bu orqali futbolchi jahon chempionatida debyut qilish bilan birga chempionatning eng qari futbolchisiga aylanadi. Hadariy bugungi uchrashuv vaqtida 45 yosh-u, 161 kunlik bo‘ladi.

Shu kungacha mazkur rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli bo‘lib, darvozabon 2014 yilgi JCh vaqtida maydonga tushganda, 43 yosh, 3 kunlik bo‘lgandi.

Maydonda to‘p surgan futbolchilar ichida eng yoshi keksa futbolchi esa kamerunlik Roje Milla sanaladi. U 1994 yilda JCh o‘yinida ishtirok etganida 42 yosh, 39 kunlik bo‘lgan va Mondragonga qadar bu borada mutlaq rekordchi sanalardi.

Xs.uz

Kiritildi: 11:03 26.06.2018. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik