Bugun, 1 mart kuni fransiyalik sobiq futbolchi Just Fonten 89 yoshida vafot etdi.
Fransiya milliy jamoasining afsonaviy hujumchisi 1958 yilgi jahon chempionatida 13ta gol urib, jahon rekordini o‘rnatgan. Hozirgacha hech bir futbolchi bir turnirda gollar soni bo‘yicha Fonteyn rekordini yangilagani yo‘q.
Fransiyalik sobiq hujumchi 1993 yil 18 avgust kuni Marokash tug‘ilgan. Futboldagi faoliyatini Marokashning «Kasablanka» klubida boshlagan. Keyinchalik u faoliyatini «Nissa», «Reyms», «PSJ», «Tuluza» kabi klublarda olib borgan.
U Fransiya chempionatida 200 uchrashuv o‘tkazib, 165 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Just 1956, 1958, 1960, 1962 yillarda Fransiya chempionligini qo‘lga kiritadi.
Fransiya milliy jamoasidagi ilk debyutini 1953 yil 17 dekabrda Lyuksemburga qarshi o‘tkazadi. 8:0 hisobi qayd etilgan o‘yinda Fonten het-trik qayd etadi.
U 1958 yili Shvesiyada o‘tgan jahon chempionatida jami 13ta gol kiritib, jahon rekordini o‘rnatgan. Fransiya esa JChda bronza medallariga ega chiqqan. U milliy jamoada 21 o‘yinda 30 gol kiritishga erishgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy sifatida Fransiya milliy jamoasi, «PSJ», «Tuluza» va Marokash milliy jamoalarini boshqargan.