Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jahon bozorida yangi avtomobillar sotuvi sezilarli kamaydi

Jahon bozorida yangi avtomobillar sotuvi sezilarli kamaydi

2019 yilning iyul natijasiga ko‘ra, jahonda yengil avtomobillar hamda yengil tijoriy mashinalar (LCV) savdosi taxminan 7,3 mln.tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 1,5 foiz kam degani. 

2019 yilning yanvaridan iyulgacha dunyo bo‘yicha jami 52,5 mln yangi yengil avtomobil va LCV segmentidagi mashinalar sotildi. Bu o‘tgan yil sarhisobiga nisbatan 5,8 foiz kam.

Mazkur avtomobillar savdosi bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. U yerda iyulda 1,8 mln. mashina sotilgan — 2018 yildagiga qaraganda 4,4 foiz kam. Xitoy mana o‘n uch oydirki sustlashgan savdo dinamikasini namoyish etishda davom etyapti. Avto bozorining salbiy tendensiyasiga mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sekinlashuvi hamda Qo‘shma Shtatlar bilan savdo urushi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jahon avtomobil bozoridagi ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh ikkinchi o‘rinda turibdi. U yerda iyulda 1,4 mln. mashina xarid qilingan bo‘lib, bu 2018 yilga qaraganda 2,2 foiz ko‘p.

Kuchli uchtalikka G‘arbiy Yevropa mamlakatlari avtobozorlari ham kiritilgan. U yerda bir oyda 1,3 mln. yengil avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yildagiga qaraganda 1,3 foiz ko‘p.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:00 19.08.2019. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!