Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jahon banki Sudanga yordam berishni to‘xtatdi

Jahon banki Sudanga yordam berishni to‘xtatdi

Jahon banki chorshanba kuni Sudandagi harbiy to‘ntarish tufayli Sudanga yordam ko‘rsatishni to‘xtatganini e’lon qildi, deb xabar berdi AFP.

«Jahon banki guruhi dushanba kuni Sudandagi barcha operasiyalarini moliyalashtirishni to‘xtatdi va biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib, baholagunimizcha har qanday yangi operasiyalar to‘xtatiladi», dedi Jahon banki rahbari Devid Malpass.

Sudan harbiylari dushanba kuni bosh vazir Abdulla Hamdok va boshqa bir qancha hukumat amaldorlarini hibsga oldi. Sudan Suveren kengashi rahbari Abdulfattoh al-Burxon xalqqa telemurojaatida favqulodda holat joriy etilishi va mamlakat hukumati tarqatib yuborilishi haqida ma’lum qilgan.

Kiritildi: 22:10 27.10.2021. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!