Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jahon banki 2020 yilda qashshoqlar qatoriga qancha osiyolik qo‘shilishini aytdi

Jahon banki 2020 yilda qashshoqlar qatoriga qancha osiyolik qo‘shilishini aytdi

 

2020 yili 35 milliondan ziyod osiyoliklar qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi ehtimoli bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, qit’ada yashovchi 38 million kishining kunlik daromadi 5,5 dollardan pastlab ketishi kutilyapti. 

«Sharqiy Osiyo va Okeaniyada qashshoqlar soni 20 yildan beri ilk marotaba o‘sishi kuzatildi», — deyiladi Jahon banki bayonotida.

Bankning qayd etishicha, agarda iqtisodiy o‘sishga xavf solgan koronavirus pandemiyasi sodir bo‘lmaganida 33 million kishi bu achchiq qismatdan qutulib qolishi mumkin bo‘lardi.

Inqirozdan qolgan «chandiqlar» hali ko‘p yillar azob beradi, deyiladi Jahon banki hisobotida. Shuning barobarida, bank karantin sababli joriy etilayotgan texnologiyalar aholining qashshoq qatlamlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishi mumkinligini ham inkor etmayapti.

Kiritildi: 19:01 03.10.2020. O'qildi: 2472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!