Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Bugungi kunda sayohatda faqat manzil emas, balki safar davomida tatib ko‘riladigan ta’mlar ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda gastronomik sayohat — ya’ni “foodiye exploration” — global turizmga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan muhim yo‘nalishga aylandi. Zamonaviy sayyohlar ko‘pincha sayohatlarini mashhur diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish bilan bir qatorda, unutilmas gastronomik tajribalar asosida rejalashtirmoqda.

Bu tendensiya statistik ma’lumotlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi: dunyo bo‘ylab har besh sayyohdan biri yangi restoran yoki gastronomik sarguzashtlarni izlaydi, sayyohlarning qariyb yarmi esa hatto aviachipta bron qilishdan oldin restoranlarni band qilib qo‘yadi. Mana shu jihatdan Izmir — Turkiyaning Egey sohilidagi durdona shahar — “xilma-xil ta’m”ni sevuvchilar uchun munosib maskanlardan biridir. Shaharning gastronomik manzarasi nihoyatda boy va rang-barang bo‘lib, zaytun moyida pishirilgan shifobaxsh o‘simliklar va sabzavotlardan iborat keng ta’mlar olamini tadqim etadi. Bu yerda MICHELIN Guide tomonidan e’tirof etilgan restoranlar bilan bir qatorda, haqiqiy ko‘cha taomlari ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Izmirda yovvoyi qushqo‘nmas, gulxayri, qichitqi o‘ti va rediska o‘simligi kabi yovvoyi o‘tlar odatda mintaqaning ajoyib zaytun moyida qovuriladi va salat yoki gazak sifatida tortiladi. Ularni Egey dengizining mazali mahsulotlari — qisqichbaqa, ahtapot va kalmar bilan tatib ko‘rish haqiqiy ta’m zavqini bag‘ishlaydi.

Shuningdek, qovoq gulidan tayyorlangan nafis taomlar, zaytun moyida dimlangan artishoklar hamda qo‘zichoq go‘shtidan tayyorlanadigan shevket-i bostan hududning albatta sinab ko‘rishga arziydigan taomlaridandir. Shuningdek, Bahor faslida Alachati Herb va Urla Artishok festivali ta’m va bayram shukuhi uyg‘unlashgan muhiti bilan unutilmas lahzalar muhrlaydi.

Izmir o‘zining ta’mi og‘izda qoladigan ko‘cha taomlari bilan ham mashhur. Shuningdek, shahar mazali ko‘cha ta’mlari, mahalliy ta’riflari, nafis restoranlari va uzumzorlari bilan o‘ziga tortadi. Yo‘lda iste’mol qilishga qulay bu lazzatlar sayohatni yanada jozibali qiladi.

An’anaviy Izmir nonushtasining sevimli taomlari orasida boyoz (qovurilgan xamir mahsuloti), gevrek (ikki marta pishirilgan simit) va pishi (yumshoq qovurilgan xamir) o‘ziga xos ta’mi bilan ajralib turadi. Ular hududga xos Izmir tulum pishlog‘i bilan iste’mol qilinadi. Shuningdek, kumru ham (maxsus bulochkada tayyorlanadigan, kolbasa, pishloq va pomidor solingan sendvich) suyib iste’mol qilinadigan taomlardan biridir.

Izmir shuningdek o‘zining sifatli novvoyxonalari va shirinliklari bilan ham mashhur. Mahalliy shirinliklardan biri — irmik va yogurt asosida tayyorlanadigan shambali, ko‘chalarda tez-tez uchraydigan, yangi qovurilib siropga botirilgan lokma o‘zining betakror ta’mi bilan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda.

Urla —Egey ruhini aks ettiruvchi mashhur maskanlardan biri bo‘lib, u “fermadan dasturxongacha” tamoyiliga asoslangan nafis oshxonasi bilan ajralib turadi. Mahalliy mahsulotlarga tayangan zamonaviy talqinlar MICHELIN Guide tomonidan e’tirof etilgan. Urlaning uzumzorlari orasida sayr qilish va mahalliy uzum navlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!