Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

«Ixtirolar uchun institut diplomi shart emas»

«Ixtirolar uchun institut diplomi shart emas»

Bugun butun dunyodagi ko‘plab OAVlar Malaviyalik o‘spirin Uilyam Kamkvamba haqida yozishmoqda. Xo‘sh, uning qanday o‘ziga xos jihati borki, tez orada tilga tushdi va shuhrat qozondi?

Gap shundaki, Uilyam chiqindilardan shamol tegirmoni qurishni o‘rganib o‘z qishlog‘iga elektr olib kelgan, qizig‘i u bu bo‘yicha barcha texnikani kutubxonada o‘qigan kitoblaridan o‘zlashtirgan.

Uilyam oddiy dehqon farzandi hisoblanadi, ta’bir joiz bo‘lsa hayotida hech qachon kompyuterni ko‘rmagan, ixtirochi odamlar bilan hamsuhbat bo‘lmagan. Faqat o‘qigan, xolos. O‘qigan va to‘xtamagan, Bir qarashda nazariy qo‘llanmalar bilan tegirmon qurishning ham o‘zi emas, lekin Uilyam buni uddaladi va ko‘plab qishloqdoshlari hayotini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Uilyam Vimbe boshlang‘ich maktabida o‘qigan, 8-sinfni tugatgach u Kachokolo o‘rta maktabiga qabul qilindi. 2001 yildagi qattiq ocharchilik tufayli uning oilasiga yillik maktab to‘lovlarini amalga oshira olmagan va Uilyam maktbni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. O‘smir ketma-ket besh yil davomida maktabga qatnay olmadi.

Uilyam taqdirga tan bergani yo‘q: u kutubxonadan kitoblar olib, mustaqil shug‘ullana boshladi. Texnika kitoblaridan ilhomlanib, o‘z uyini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun shamol tegirmonini qurishga qaror qildi va kerosinga ehtiyojni bartaraf etdi. U qurgan dastlabgi shamol tegirmoni atigi 5 metr balandlikka ega bo‘lgan, biroq ushbu tegirmon oila ehtiyojlarini muayyan miqdorda qoplashga imkon beruvchi elektr tokini ishlab chiqara olardi. Keyinroq, qo‘shnilar ham foydalanishi uchun tegirmon balandligi 12 metrgacha uzaytirilgan.

Shamol tegirmoni loyihasi ko‘plarning qiziqishiga sabb bo‘ldi. Ular ichida taniqli professorlar va jurnalistlar ham bor. Malaviyadagi Baobab sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik muhandislari Soyapi Mumba va Mayk Mak Kay Uilyam haqidagi maqolani blogga joylashtirdilar va u tez orada mashhur bo‘lib ketdi.

Uilyam 2014 yilda Dartmut kollejini tamomlagan. U hozirda bir nechta global loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Uilyamning butun faoliyati insonning ixtirolar qilish va hayot tarzini yaxshilashi uchun oliygoh diplomiga ehtiyoji yo‘qligining yorqin dalilidir.

Kiritildi: 06:45 18.10.2019. O'qildi: 1852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!