AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka tadbirlarda otasining saylovoldi kampaniyasi uchun 35 million dollardan ortiq xayriya mablag‘lari yig‘di va sobiq prezident Barak Obamaning bir kun ichida mablag‘ yig‘ish bo‘yicha rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda “Fox News”.
Obama 2014 yilgi bir saylov kampaniyasi doirasida bir kunda rekord darajada 3,8 million dollar yiqqan edi.
Amaldagi prezidentning qizi esa kamida 13 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.