Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Itlarning inson tilini tushunishi isbotlandi

Itlarning inson tilini tushunishi isbotlandi

Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti olimlari itlar odamlarni yaxshi tushunishadi degan xulosaga kelishdi, deydi “Biologiya Letters” jurnali.

Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqot davomida ishtirok etgan barcha itlar inson tomonidan berilgan buyruqlarni bajargan. Hattoki imo-ishora orqali aytilgan so‘zlarni ham anglagan.

Bundan oldin ba’zi boshqa tadqiqotchilar ham shunga o‘xshash tajribalar o‘tkazishgan va shunga o‘xshash xulosalarga kelishgan edi. Unga ko‘ra, to‘rt oyoqli uy hayvonlarida, odamlarda bo‘lgani kabi, miyaning chap yarim shari so‘zni tashkil etuvchi tovushlarni qayta ishlaydi, o‘ng tomon esa intonatsiyani tahlil qiladi.

Bu shuni anglatadiki, itlar nafaqat egasining ohangiga e’tibor berishadi, balki ular aytayotgan so‘zlarning ma’nosini ham bilshadi.

Kiritildi: 23:00 06.12.2019. O'qildi: 2217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!