Intesa Sanpaolo banki 2025 yilning 15 yanvaridan boshlab rossiyalik mijozlar bilan moliyaviy operasiyalarni cheklashini e’lon qildi, deb xabar berdi bankning Rossiyadagi “Inteza” sho‘ba korxonasi. Qayd etilishicha, cheklovlar faqat ichki bank tijorat operasiyalariga taalluqli bo‘lmaydi.
"Avvalo, bu cheklovlar xizmat ko‘rsatish va sanoat ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi Rossiyaning korporativ mijozlariga ta’sir qiladi. Ular “Inteza” bankidan xorijdagi hamkorlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalanayotgan edi", deb yozadi “Vedomosti”.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Yevropa Markaziy bankining Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish talablariga, shuningdek, ularni chetlab o‘tish bilan bog‘liq obro‘-e’tibor xavflariga bog‘liq.
Financial Times Inesa Sanpolo'ni Rossiyadagi aktivlari hajmi bo‘yicha yetti yirik Yevropa banklari qatoriga kiritgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda ushbu bank Rossiya byudjetiga taxminan 26 million yevro soliq to‘lagan, Rossiyadagi foydasi esa 133 million yevroni tashkil etgan.