Italiyada COVID-19 pandemiyasi sababli yangi yil bayrami bekor qilinib, ochiq havoda niqob kiyish majburiy qilib belgilandi.
Ispaniya sharqidagi Kataloniya avtonom viloyatida yangi yilning birinchi kunidan boshlab soat 01.00 dan 06.00 gacha komendantlik soati joriy qilinib, jamoaviy tadbirlar 10 kishi bilan cheklandi.
Italiya Sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speranza, samarali himoyalanganligi aniqlangan "Ffp2" modeldagi niqobning jamoat transporti, teatr, kino va sport tadbirlarida qo‘llanilishi kerakligini e’lon qildi.
Shuningdek, Italiyada konsertlar 31 yanvargacha bekor qilindi. Tungi klublar va diskotekalar ham keyingi ogohlantirishgacha yopilgan.
Speranza, italiyaliklarning 89 foizi emlangan bo‘lsa-da, uchinchi dozali emlash kampaniyasini tezlashtirish kerakligini ta’kidladi.
Italiyada oxirgi 24 soat ichida pandemiya sababli hayotdan ko‘z yumganlar soni 168 nafarga ortib, 136 ming 245 nafarga yetdi.