Italiya moliya gvardiyasi katta miqdordagi kokainni tashish uchun parmezan pishlog‘idan foydalangan bir guruh narkodilerlarni fosh qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Bir necha operasiyalar davomida jinoyatchilarga 20 mln yevro foyda keltirishi mumkin bo‘lgan 125 kg kokain musodara qilindi.
Tergov natijasida 10 kishi hibsga olingan, ulardan 7 nafari tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Guruh rahbari 37 yoshli Albaniya fuqarosi bo‘lgan.