U Lombardiya shahrida koronavirusga chalingan ilk bemor sifatida ro‘yxatga olindi. Futbolchi ayni damda shifoxonada, uning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Koronavirus sababli Italiyada havaskor o‘rtasidagi 40 bellashuv boshqa muddatga qoldirildi. Hozircha bu holat professional futbol ligalariga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 76 769 ga (shulardan 75 569 tasi Xitoyda) yetgan. Mazkur virus sababli 2360 kishi vafot etdi.