Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Italiyada 140 kilolik shahar meri ozish uchun har hafta aholi bilan sayr qiladi

Italiyada 140 kilolik shahar meri ozish uchun har hafta aholi bilan sayr qiladi

Italiyaning Valdobbyadene shahri meri, 47 yoshli Luchano Fregoneze har payshanba kuni ortiqcha vazndan xalos bo‘lish maqsadida mahalliy aholi bilan sayr qiladi, deb yozadi Daryo nashri.

Hozirda uning vazni 140 kilogramm. Iyun oyida Fregoneze uchinchi marta shahar uchun merlik saylovida g‘alaba qozondi va o‘z nutqida salomatligiga yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishga va’da berdi. Siyosatchi o‘zining avvalgi vazni — 90 kilogrammga qaytish niyatida. Fregoneze 10 yil avval birinchi marta mer etib saylanganida aynan shu vaznda edi.

“Albatta, mendagi ortiqcha vazn sababi dangasalik va harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq. Mer lavozimida ishlashni boshlaganimdan beri men sport va boshqa jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishni to‘xtatib qo‘ydim”, deya tan oladi Fregoneze.

“Bundan tashqari, men ashaddiy xo‘randa odamman, ajoyib taomlar tayyorlanadigan bunday shaharda parhez tutish qiyin masala”, deydi u.

Kiritildi: 15:44 26.07.2024. O'qildi: 1775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!