Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Italiya o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga jalb etmoqchi

Italiya o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga jalb etmoqchi

O‘zbekistonlik hamshiralar uchun Italiya tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyati yaratilishi mumkin.

Bu masala sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov va Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Gvido de Sanktis o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Italiya tomoni o‘zbekistonlik hamshiralarni mamlakat klinika va shifoxonalariga ishga jalb etish bo‘yicha taklif bildirdi. Hozircha tashabbusning aniq mexanizmi, tanlov shartlari va qancha mutaxassis qamrab olinishi ochiqlanmagan.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining Italiyadagi yetakchi klinika hamda universitetlarda stajirovka o‘tashini kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat o‘rtasida tibbiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti L’Aquila universiteti bilan, shuningdek, Paviya, Piza va Perudjadagi akademik markazlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvda farmasevtika yo‘nalishi ham muhokama qilindi. Tomonlar texnologiyalar transferi, dori ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va farmakonazorat tizimini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, Italiya kompaniyalarini O‘zbekistonda tibbiyot infratuzilmasini yangilash, sohaga raqamli yechimlarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga jalb qilish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Kiritildi: 15:47 01.10.2026. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!