Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Italiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida temir yo‘lda qo‘poruvchilik sodir etilganini ma’lum qildi

Italiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida temir yo‘lda qo‘poruvchilik sodir etilganini ma’lum qildi

Italiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida temir yo‘lda qo‘poruvchilik sodir etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Jinoyatchilar temir yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazib, poyezdlar harakatini izdan chiqargan, deya xabar bermoqda agentlik Italiya transport vazirligiga tayanib.

Polisiya turli hududlarda uchta alohida hodisani aniqlagan. Ular tezkor, shaharlararo va mintaqaviy poyezdlar harakatida 2,5 soatgacha kechikishlarga olib kelgan. Marke viloyatidagi Pezaro shahri yaqinidagi qurilmaga o‘t qo‘yilgan, Bolonyada esa poyezdlar tezligini o‘lchashda foydalaniladigan elektr kabellari kesib tashlangan. Shuningdek, Bolonya–Padua yo‘nalishidagi qurilma qo‘lbola portlovchi qurilma zararsizlantirilgan.

Italiya transport vazirligi ushbu hodisalar 2024 yilda Parijda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish kuni sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlari bilan taqqoslagan. O‘shanda Fransiyaning yuqori tezlikdagi poyezdlar tarmog‘i infratuzilmasiga hujum qilingan edi.

Kiritildi: 23:33 08.02.2026. O'qildi: 176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!