Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga raketa zarbalar berish taktikasini o‘zgartirishi mumkin. Yangi zarbalar orqali Ukraina harbiy ob’ektlariga e’tibor qaratiladi. Bu haqda yozmoqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari muntazam hisobotida.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya raketa zarbalarining umumiy soni kamaymoqda, bu esa aniq boshqariladigan raketalar zahiralari tugaganidan dalolat beradi. Ukraina Harbiy razvedka Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Vadim Skibitskiyning aytishicha, Rossiya kuchlari Ukrainaning energetika infratuzilmasini nishonga olishda davom etgan holda Ukraina harbiy ob’ektlariga zarbalar berish va kuchlar konsentrasiyasini qayta yo‘naltirishlari mumkin.