Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining Xon Yunusdagi Al-Mavasi hududiga uyushtirgan hujumi natijasida 17 kishi halok bo‘lgan, yana 26 kishi jarohatlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil armiyasi avvalroq «xavfsiz hudud» deb e’lon qilgan Al-Mavasi hududiga hujum qilganini ma’lum qildi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Al-Attor prospekti urilgan.
Hujum sodir bo‘lgan joyda fuqaro mudofaasi xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Al-Mavosi mintaqasida o‘qqa tutilishi natijasida kamida 90 kishi halok bo‘lgan, 300 kishi jarohatlangan edi.